Nomzodlar botdan cho'chimaydimi?
Telegram ular uchun tanish joy. Ilova o'rnatish yoki sayt o'rganish shart emas ? havolani bosib, ovozli javob berishadi, xolos.
Nomzod havolani bosadi, Telegramda ovozli intervyudan o'tadi. Siz esa kimni chaqirish kerakligini tayyor hisobotda ko'rasiz.
Tanish holat
Nomzodlar ko'p, lekin ularni saralash sizning vaqtingizga tushadi.
30 ta otklik keldi — yarmi javob bermaydi.
Har bir nomzodga bir xil savol — qayta va qayta.
Kim kuchli edi — chatlar orasida yo'qoldi.
Yaxshi nomzod tez javob berganga ketib qoldi.
Narxi
Har bir qo'lda saralash sizdan vaqt, kuchli nomzod va xotirjamlikni olib ketadi.
Birinchi suhbatlar soatlab cho'ziladi — ko'pchiligi behuda.
Sekin javob bersangiz, eng yaxshilari boshqa ish beruvchiga ketadi.
Kim qaysi bosqichda — noma'lum. Qaror tuyg'uga qoladi.
Yechim
Shovqin o'rniga — bitta toza signal. Siz faqat tayyor hisobotni ochasiz.
Qanday ishlaydi
Bot sizdan lavozim va talablarni so'raydi, savollarni tayyorlaydi.
Linkni OLX, hh, Telegram kanal, guruh yoki shaxsiy xabarga qo'ying.
U sizga yozmaydi va qo'ng'iroq qilmaydi, bot ichida javob beradi.
Kim mos, nimani tekshirish kerak va audio javoblar bir joyda keladi.
AI baholash
Hisobot texnik emas. U sizga nomzod tajribasi, muloqoti, aniq javoblari, motivatsiyasi va xavfli joylarini ko'rsatadi.
Bitta havola
Endi nomzodlar sizga har xil chatlardan yozmaydi. Ular havola orqali botga kiradi va bir xil birinchi bosqichdan o'tadi.
Vakansiya postiga intervyu linkini qo'shing.
Kontakt o'rniga bot havolasini ko'rsating.
Linkni bitta odamga yuboring, javobi bazaga tushadi.
Baza
Har bir intervyu, telefon raqam, audio javob va qaror bitta joyga yig'iladi. Siz vakansiya bo'yicha kim o'tganini har doim ko'rasiz.
Kimlar uchun
ELAK AI ayniqsa nomzodlar ko'p keladigan, lekin ularni qo'lda saralashga alohida jamoa ajratilmagan bizneslar uchun foydali.
Biznes egasi vaqtini intervyuga emas, qarorga sarflaydi.
Kim bilan gaplashish kerakligi ko'rinadi: tajriba, xavf va keyingi qadam bitta hisobotda.
Rekruter bir xil savollarni qayta-qayta bermaydi.
Nomzodlar havola orqali bir xil bosqichdan o'tadi, bot javoblarni yig'adi va solishtirishni osonlashtiradi.
Filial yoki do'kon rahbari tezda kuchli odamlarni ko'radi.
Telefon, audio javob va tavsiya Telegramda turadi. Nomzod chatlar orasida yo'qolmaydi.
Bot birinchi suhbatni tartibga soladi.
Nomzod alohida sayt o'rganmaydi.
Sinab ko'rish uchun byudjet so'ramaydi.
Qaysi bizneslar uchun
Shubhalar
Telegram ular uchun tanish joy. Ilova o'rnatish yoki sayt o'rganish shart emas ? havolani bosib, ovozli javob berishadi, xolos.
Yo'q. Bot lavozim va talablarni so'raydi, savollarni o'zi tuzadi. Boshlash bir necha daqiqa.
Yo'q. Qaror sizniki. Bot faqat birinchi suhbatni o'tkazadi va kimni ko'rib chiqishni tavsiya qiladi.
Ha. Hamma bir xil savollardan o'tadi va ovozi eshitiladi ? bu birinchi taassurot bo'yicha qo'lda saralashdan adolatliroq.
Ha, hozir ELAK AI ish beruvchilar uchun bepul.
Nega hozir
Ish beruvchilar uchun to'lovsiz.
Sozlash shart emas, byudjet kerak emas.
Eng yaxshi nomzodlar tez javob berganga ketadi.
Vakansiya yarating, havolani e'lonlarga qo'ying va nomzodlar bir joyga yig'ilishini ko'ring.